Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda dahshatli avtohalokat yuz berdi
Hindistonda Haydarobod shahridan Kakinada shahriga qatnovni amalga oshirayotgan shaharlararo yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab ketib, tomi bilan ag‘darilib ketgan, deb yozmoqda The Hindu nashri.
Oqibatda kamida 8 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 18 nafar yo‘lovchi jarohatlangan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus belgilangan tezlikka rioya etmagani sabab, ko‘prik to‘sinini urib, kanalga tushib ketgan.
Voqeaga guvoh bo‘lgan baliqchilar politsiyasiga qo‘ng‘iroq qilishgan.
Hozirgi vaqtda, qutqaruvchilar jiddiy shikastlangan bo‘lgan avtobus ichida qolib ketganlarni olib chiqishga urinmoqda.
Mavzuga oid
11:04
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026