Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen 7 o‘rinli krossoverining niqobsiz suratlari paydo bo‘ldi
Xitoyning Autohome nashri Volkswagen kompaniyasining 7 o‘rinli krossoveriga tegishli josuslik suratlarini namoyish etdi. Taxminlarga ko‘ra, u Teramont deb nomlanishi mumkin. Avtomobilning rasmiy taqdimoti noyabr oyida Los-Anjyeles shahrida bo‘lib o‘tadigan avtoko‘rgazmada tashkil etiladi.
Suratlardan ko‘rish mumkinki, Volkswagen Teramont 2013-yili Detroyt avtoshousida namoyish etilgan CrossBlue kontsept yo‘ltanlamasi uslubida ishlab chiqiladi. Uning ichki ko‘rinishi ikkinchi avlod Tiguan krossoverinikiga o‘xshaydi.
Krossover MQB platformasining uzunroq namunasi negizida ishlab chiqiladi. Unga benzinli va dizelli 4 silindrli hamda 6 silindrli motorlar o‘rnatiladi.
Bundan avvalroq, Germaniya avtomobilsozlik kompaniyasi yana bitta 7 o‘rindiqli mashinani ishlab chiqarish imkoniyatini muhokama etayotgani xabar qilingan edi. Uni yangilangan Amarok pikapi platformasida barpo etish rejalashtirilgan. Taxminlarga ko‘ra, 2 yillardan keyin paydo bo‘ladigan yangi yo‘ltanlamasga 3 litrli V6 dizel motori o‘rnatiladi.




Mavzuga oid
18:50 / 11.06.2026
Audi yangi Q7 krossover avlodini taqdim etdi
08:45 / 28.05.2026
O‘zbekistonda yana bir yirik avtomobil brendi ishlab chiqarishni boshlashi kutilmoqda
18:09 / 19.05.2026
Toshkentda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqarilishi mumkin
00:22 / 15.12.2025