Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen o‘z tarixida ilk bor Germaniyadagi zavodini yopadi
Drezdendagi zavod 2002 yilda ishga tushgandi. O‘tgan 23 yil davomida bu yerda 200 ming donaga yaqin mashina ishlab chiqarilgan.
Volkswagen konserni 88 yillik tarixida ilk Germaniyadagi zavodini yopadi. Drezdendagi korxona 16 dekabrdan boshlab avtomobil ishlab chiqarishni to‘xtatadi.
Bu kompaniyaning xarajatlarni qisqartirish strategiyasining bir qismi, deb yozmoqda Financial Times.
Mazkur zavod 2002 yilda ishga tushgandi. O‘tgan 23 yil davomida bu yerda 200 ming donaga yaqin mashina ishlab chiqarilgan.
Zavod yopilganidan so‘ng Drezden texnika universiteti ixtiyoriga beriladi. Bu yerda robototexnika, sun’iy intellekt va mikroelektronika bo‘yicha tadqiqot markazi ochiladi.
Volkswagen bozori kasod bo‘la boshlagach, qat’iy tejamkorlik rejimiga o‘tdi. Yaqin yillar uchun budjet milliardlab yevroga kamaytirildi va Germaniyada 35 ming xodim ishdan bo‘shatiladi.
Mavzuga oid
18:50 / 29.06.2026
Porsche yangi 911 GT4 R poyga avtomobilini taqdim etdi
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026