Jahon | 20:45 / 23.08.2016
11120
1 daqiqa o‘qiladi

Jyenevada Rossiya va AQSh maslahatlashuvlari boshlandi

Foto: © Fotolia

Shveytsariya poytaxti Jyeneva shahrida Rossiya va Amerika harbiy ekspertlari darajasidagi maslahatlashuvlar boshlandi. Unda, tomonlarning Suriyadagi o‘zaro hamkorligi muhokama etiladi, deb xabar qilgan RIA Novosti agentligiga muzokaralarga aloqador bo‘lgan diplomatik manba. 

"Maslahatlashuvlar boshlandi", — degan u. 

Agentlik suhbatdoshi RF va AQSh maslahatlashuvlari necha soat davom etishiga aniqlik kiritmagan. 

Jyenevada o‘tkazilayotgan muzokaralarda Moskva hamda Vashingtonning Halabda gumanitar to‘xtalishlarni tashkil etish, insorparvarlik yuklarini olib kelayotgan karvonlar xavfsizligini ta'minlash, terrorchilarga qarshi kurashda qurolli kuchlar harakatlarini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. 

Ekspertlar uchrashuvi natijasi, RF va AQSh tashqi ishlar vazirlarining ikki tomonlama muzokaralari o‘tkazilishi yoki bo‘lmasligiga ta'sir etadi. Ularning uchrashuvi 26-27 avgust kunlariga belgilangan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid