Texnologiya | 12:03 / 24.08.2016
8453
2 daqiqa o‘qiladi

Apple va Samsung kompaniyalari daromad ko‘rayotgan smartfon ishlab chiqaruvchisi

Cannaccord Genuity kompaniyasi o‘zi o‘tkazgan tadqiqot natijasini e'lon qildi. Unga ko‘ra, Apple va Samsung — smartfon ishlab chiqaruvchilari orasida o‘z mahsulotlaridan sezilarli foyda olayotgan kompaniyalardir, deb xabar qilmoqda TheNextWeb.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Apple kompaniyasi o‘zining smartfonlar bo‘limidan 38 foiz daromad ko‘rsa, Samsung kompaniyasining bu boradagi ko‘rsatkichi 17 foizni tashkil etadi. Uchinchi o‘rinda Xitoyning TCL ishlab chiqaruvchisi joylashgan bo‘lib, uning smartfonlardan oladigan daromadi 2 foizdir. 

Boshqa barcha kompaniyalar joriy yilning ikkinchi choragida smartfonlar ishlab chiqarish va sotishdan zarar ko‘rgan. Aksilreytingda 22 foizlik ko‘rsatkich bilan Microsoft va HTC yetakchilik qilgan bo‘lsa, ularni ta'qib qilayotgan Lenovo va LG kompaniyalari 10 va 5 foiz zarar ko‘rayotgani ta'kidlanadi. Kanadaning Blackberry kompaniyasi 3 foiz yo‘qotayotgan bo‘lsa, Sony foyda ham, zarar ham ko‘rmagan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid