Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klichko Ukrainani uyg‘onayotgan filga qiyosladi
Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukrainani yiqilishidan butun "Yevropa larzaga keladigan" uxlayotgan filga qiyosladi. Klichko bu haqda Die Welt nemis nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Agar hali ishlatilmagan salohiyat haqida gapirilsa, men Ukrainani uxlayotgan filga qiyoslayman. Hozir u oyoqqa turmoqda. Agar u yiqilsa, unda butun Yevropa larzaga keladi. Shuning uchun bizga yordamingiz kerak", deb aytdi Klichko.
Avvalroq Klichko Kiyevning markazidagi asfalt yo‘llar Ukraina mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tgan harbiy texnikadan keyin beshikast qolganidan xursandligini aytgandi. "Meni qurolli kuchlarimizning ko‘tarinki ruhi hayratlantirdi. Paraddan keyin asfalt beshikast qolganidan xursandman", deb aytdi Klichko jurnalistlarning unga paradda ko‘proq nima yoqqani haqidagi savollariga.