Texnologiya | 10:43 / 25.08.2016
7448
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada Pokemon GO o‘yini inson hayotiga zomin bo‘ldi

Yaponiyada Pokemon Go o‘yini bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Aniqlik kiritilishicha, ommalashib ketgan o‘yinni smartfonida o‘ynab ketayotgan haydovchi ayolni urib ketgan. Jabrdiyda ayol olingan jarohatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. 

Agentlikning yozishicha, 39-yoshli haydovchi ikki nafar piyodani urib yuborgan. O‘yinni ishlab chiqargan Niantic kompaniyasi vakillari halok bo‘lganning yaqinlariga o‘z hamdardligini izhor qilgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid