Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron harbiy katerlari AQSh mina tashuvchi kemasini taqib qildi
Foto: navy.mil
Eron armiyasining 4 ta harbiy kateri yuqori tezlikda Ormuz bo‘g‘ozi yaqinida AQShning USS Nitze mina tashuvchi kemasini taqib qildi. Bu haqda Pentagondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, voqea 23 avgustda yuz bergan. Eron katerlari AQSh kemasining ogohlantirishiga qaramasdan, unga 275 metrdan kamroq masofaga yaqinlashgan.
"Eronliklar xavfli vaziyatni yuzaga keltirib, katta tezlikda yaqinlashdilar. Bu vaziyatning keskinlashishiga, jumladan USS Nitze tomonidan himoya choralarining qo‘llanishiga olib kelishi mumkin edi", deb aytildi xabarda.
Manbaning aytishicha, bu harakatlar "xavfli va noprofessional" harakatlar bo‘lgan.
Mavzuga oid
06:22
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi
00:05
Saida Mirziyoyeva Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
22:07 / 07.04.2026