Jahon | 19:43 / 25.08.2016
20981
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzila: Falokatdan oldingi va keyingi manzaralar

23 avgustdan 24 avgustga o‘tar kechasi markaziy Italiyada 6,0 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi oqibatida kichik Akkumoli va Amatriche shahriga eng ko‘p zarar yetdi.

Quyida Italiya shaharlarining zilziladan oldingi va keyingi holati, hamda zilzila keltirgan boshqa vayrongarchiliklar tasvirlangan fotosuratlar keltirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Amatricheni zilzilaga qadar va undan so‘ng taqqoslab olingan surat eng ko‘p ommalashdi. Suratda faqat shahar markazida joylashgan soat va qo‘ng‘iroqli minorani tanish mumkin.

Oxirgi malumotlarga qaraganda Italiyada zilzila qurbonlari soni 241 kishiga yetgan. Shuningdek, 300ga yaqin kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.

 

 

 

 

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid