Jahon | 10:19 / 25.08.2016
6047
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyadagi zilzila qurbonlari soni 247 nafarga yetdi

24 avgust kuniga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida yuz bergan zilzila qurbonlari soni 247 kishini tashkil qilmoqda. Bu xaqda Fuqarolik mudofaasi departamentiga asoslangan holda ANSA xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Amatriche, Akkumoli, Peskara va Arkuata-del-Trontoda qutqaruvchilar qidirish ishlarini davom ettirmoqda.

Oxirgi xabarlarda zilzila qurbonlari soni 159 nafarni tashkil qilayotgani aytilgandi.

Zilzila Italiya markazida mahalliy vaqt bilan soat 03:36da (Toshkent vaqti bilan 06:36da) sodir bo‘ldi. 6,0 magnitudali yer silkinishi episentri Reti provinsiyasida 4 km chuqurlikda joylashgan edi. 1 soat o‘tib, zilzila 5,4 ball bilan qaytalandi.

24–25 avgust kunlari Italiyada mamlakat markazida ro‘y bergan zilzila qurbonlari xotirasiga milliy motam e'lon qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid