Texnologiya | 11:54 / 25.08.2016
6326
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvalik o‘quvchilar maktabga elektron bilakuzuk bilan kirishadi

Rossiya poytaxtidagi maktab o‘quvchilari endi elektron bilakuzuklardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Sentyabr oyidan "O‘tish va ovqat" tizimi yo‘lga qo‘yilgan har bir ta'lim muassasasi o‘quvchilarning elektron kartalarini "Moskvenok" silikon bilakuzuklariga almashtirishga haqli. Poytaxt meriyasining saytida xabar qilinishicha, bolalar ular yordamida bino ichiga kirishadi va oshxonada ovqat olishadi. 

"Bilakuzuk - maktab o‘quvchisining elektron kartasining to‘liq analogi. Yangi gadjyet tufayli bolalar ta'lim muassasasi hududida turli xizmatlardan foydalana olishadi: maktabga kirish, naqd pul bermasdan ovqat olish", - deyiladi xabarda. 

Bugungi kunda "O‘tish va ovqat" tizimi deyarli 3 ming ta'lim muassasasi binosida yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning bahorida yangi gadjyet uch maktabda sinovdan o‘tkazildi. 

Braslet alyumin qisqichli gipoallergen silikondan yasalgan va 11 xil rangda taqdim etilgan. Unda boyo‘g‘lining rasmi tasvirlangan, bu o‘quvchining elektron kartasi ramzi. Bundan tashqari har bir o‘quv muassasasi o‘z logotipi tushirilgan bilakuzukni brendlashi mumkin. 

Agar o‘quvchi gadjyetni yo‘qotib qo‘ysa, uni qayta tiklasa bo‘ladi. Bilakuzuklar ta'lim muassasasi buyurtmasiga binoan yasaladi. Biror bir maktab bilakuzukdan foydalanishdan bosh tortsa, unda o‘quvchilar binoga kirish uchun elektron karta yoki ijtimoiy kartani qo‘llashda davom etishadi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid