Jahon | 10:41 / 25.08.2016
7637
1 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks Hillari Klintonga oid yangi ma'lumotlarni oshkor qiladi

WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning bayonot berishicha, uning sayti AQSh prezidentligi uchun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasidagi faoliyatiga doir qo‘lga kiritilgan maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish arafasida, deb xabar bermoqda Fox News.

«Men voqealar rivojini oldindan bashorat qilishni xohlamayman, biroq bu ma'lumotlar saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liq turli institutlardan olingan», — degan Assanj. 

Uning qayd etishicha, materiallarning ayrimlari anchagina qiziqarlidir, boshqalari esa, ayni vaqtda oshkor bo‘lgan ma'lumotni boshqa tomondan yoritadi. 

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi o‘rtalarida Hillari Klinton Rossiya maxsus xizmatlarini Demokratik partiya Milliy qo‘mitasi kompyuterlarini buzishda ayblagan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid