Texnologiya | 14:41 / 26.08.2016
8867
3 daqiqa o‘qiladi

O‘z-o‘zini yig‘adigan telefon yaratildi

Massachusets texnologiya institutida anchadan beri o‘z-o‘zini yig‘uvchi labaratoriya (Self-Assembly Lab) ishlamoqda, bu yerdagi xodimlar 2011 yildan beri to‘rt o‘lchamli bosma sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanishadi. Shuningdek yaqin vaqtdan boshlab, ular mustaqil ravishda yig‘ilishga yoki muayyan bir shaklga kirishga dasturlangan mahsulotlar va komponentlarni ishlab chiqarish ustida bosh qotirishmoqda. 

Labaratoriya xodimi Skaylar Tibbitsning so‘zlariga ko‘ra, uning rahbarligi ostida o‘z-o‘zini yig‘uvchi mebel ustida tajriba o‘tkazilgan, mustaqil ravishda bog‘lanadigan bog‘ichlar yaratilgan, endi esa navbat - elektr maishiy texnikasiga. 

Tadqiqotchilar dizayner Marselo Koyeylo bilan birga inson hamda maxsus texnika yordamisiz o‘zini yig‘a oladigan ilk mobil telefonni yaratishdi. Tibbits jamoasi amalga oshirgan tadqiqotning natijalari chakki emas, zero agar ularning ixtirolari takomillashtirilib, hayotga tatbiq etilsa, yaqin kelajakda elektron va maishiy texnika sanoatida katta o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. 

Hammasi Devid Mellisning loyihasidan boshlandi, uning mohiyati bahosi 200 AQSh dollaridan yuqori bo‘lmagan o‘z-o‘zini yig‘uvchi telefon yaratishdan iborat bo‘lgan. Loyiha ochiq hisoblanib, oshkora amalga oshirilgan, telefonni ishlab chiqarish esa hammaning ko‘z o‘ngida bajarilgan. Ma'lum bir natijalarga erishilgandan keyin mutaxassislar trubkani tashkil qiluvchi qismlariga diqqat qilishdi va uni mustaqil yig‘ishga qanday majbur qilish to‘g‘risida bosh qotirishdi.

Bugungi kunda labaratoriyaning juda qo‘pol, lekin ishlovchi prototipi bor - ikkita telefonni yig‘adigan oltita qismi. Har bir trubka to‘rtta qismdan iborat. Ularni bir joyga to‘plash uchun komponentlarni o‘ziga xos sentrfuguga joylashtirish kerak, telefon uning ichida taxminan bir daqiqa ichida to‘liq yig‘iladi.

 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid