Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bo‘lib o‘tgan ayovsiz janglarda yirik qurbonlar berildi
© AP Photo
Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari Jani Kxel tumanida olib borgan ayovsiz janglarda 50 nafar xodimidan ayrilgan. Tolibon harakati safida o‘ldirilgan jangarilar soni 200dan oshgan. Bu haqda, mamlakatning Pajvak agentligi mahalliy ma'muriyat vakili Toj Muhammad Mangalga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Avvalroq, mahalliy hukumat 30 nafar huquq idoralari xizmatchisi qurbon bo‘lgani haqida bayonot bergandi.
"Tolibon" radikal guruhining 1,2 mingga yaqin jangarisi 26-avgust kuni kechqurun Pokiston bilan chegaradosh Jani Kxelga hujum qilib, shu bilan birga, ular, katta miqdorda qurol-yarog‘larni egallab olgani va harbiylarni o‘ldirganini ta'kidlashdi.
Mangalning so‘zlariga ko‘ra, jang vaqtida toliblarning pokistonlik dala qo‘mondoni Hafiz Rashid ham o‘ldirilgan. Tolibon jangarilari esa, mahalliy IIV bo‘limining bir necha avtomobili hamda qurollarini egallab olgan.
O‘z navbatida Naqib viloyati gubernatori matbuot kotibi Ahmad Atalning aytishicha, politsiya bo‘linmasi va huquq idoralarining boshqa xodimlari Chamkani uyezdiga chekinib, Jani Kxelni jangarilardan ozod qilish rejasini muhokama qilishmoqda.
Mavzuga oid
09:58
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026
Pokistonda qolgan afg‘onlar kompensatsiyadan ko‘ra ko‘chishni afzal ko‘ryapti
14:16 / 20.01.2026
Afg‘onlarning yarmidan ko‘pining Germaniyaga kirish ruxsatnomalari bekor qilindi
18:35 / 18.01.2026