Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq Saudiya Arabistonidan Bag‘doddagi elchisini o‘zgartirishni talab qildi
Iroq Saudiya Arabistoniga Bag‘doddagi elchisi Tamer as-Subxonni o‘zgartirish talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda Iroq tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi.
"As-Subxonning Bag‘dodda bo‘lishi Iroq va Saudiya Arabistonidagi munosabatlarning rivojlanishiga to‘siqdir", deb aytdi vazirlik vakili Ahmad Jamol. U Iroq tashqi ishlar vaziri boshqa elchi yuborishini talab qilayotganini aytdi. Elchining o‘zi esa "musulmonlar uchun barcha yaxshi narsalarni izlash bilan shug‘ullanayotgan" Saudiya Arabistoni rahbariyati xizmatkori ekanligini aytgan.
Jamol Saudiya Arabistonining Iroqqa nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.
As-Subxon oxirgi 26 yil ichida Saudiya Arabistonining Iroqdagi birinchi elchisi bo‘ldi. Saudiya Arabistoni elchixonasi 1 yanvardan ish boshlagandi. U 1990 yilda Iroqning Kuvaytga hujum qilishi oqibatida yopilgandi.
As-Subxonning Iroqdagi ishi muntazam ravishda turli mojarolar bilan kechgan. Oxirgi mojarolardan birida Iroq shia hukumat tomon ayirmachilari qo‘mondonlaridan biri Aus al-Hafajiy As-Subxonni o‘ldirish unga sharaf ekanligini aytgan. Elchi esa unga suiqasd tayyorlanayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
09:38
BAA, Kuvayt va Saudiya Arabistoni yana Eron hujumlariga duch keldi
18:07 / 05.04.2026
Umraga borgan 170 nafardan ortiq ziyoratchi O‘zbekistonga qaytolmayapti
11:08 / 02.04.2026
Arablar Trampga Eron urushi uchun pul beradimi?
11:55 / 30.03.2026