Jahon | 09:29 / 28.08.2016
10601
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR chegarachilari janubliklarning projyektorlarini o‘qqa tutishga va'da berdi

Pxenyan harbiy harakatlardan xoli hududda amerikalik va janubiy amerikalik harbiylar tomonidan qo‘llanilayotgan yoritish uskunalarini o‘qqa tutish bilan tahdid qildi. Shimoliy Koreyadagi Koreya Xalq armiyasi (KXA) AQSh va janubiy koreyalik askarlarni Panmynchjonedagi chegara postiga projyektorlar o‘rnatib "ataylab ig‘vo" qilishda ayblamoqda. Bu haqda ABC xabar bergan.

KXA  bayonotida aytilishicha, bu harakatlar Shimoliy Koreya xavfsizligiga tahdid qilmoqda va shimollik harbiylarning chegara hududini nazorat qilish bo‘yicha faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmoqda.

Qayd etilishicha, bu holat AQSh va Janubiy Koreya hamkorligida o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlardan keyin yuzaga kelgan vaziyatni yanada og‘irlashtiradi va Koreya yarim oroli "urush chegarasi"ga keladi.

"KXA tomoniga yo‘naltirilgan projyektorlar, ig‘vo vositasi hisoblanadi. Biz ularni o‘qqa tutamiz," — deyilgan bayonotda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid