Jahon | 15:30 / 29.08.2016
4443
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya Fors ko‘rfaziga esminetsini yuboradi

Buyuk Britaniya harbiy dengiz kuchlari HMS Daring esminetsini Fors ko‘rfaziga yuboradi, deb yozmoqda Daily Telegraph. U, IShIDga qarshi kurashda qatnashadi. 

Harbiy kema Yaqin shark mintaqasiga shu haftada yetib keladi va yilning oxirigacha AQShning Iroq va Suriyadagi terrorchilar egallab turgan manzillarga zarba berayotgan aviatashuvchilaridan birining mudofaasini ta'minlaydi. Daring shuningdek, jangovar amaliyotlar olib borilayotgan hudud osmonini nazorat qilib, yig‘ilgan ma'lumotlarni shtabga yuboradi. 

"Qirollik HHK samolyotlari kuniga quruqlikdagi terrorchilarga zarba bermoqda. Piyoda qo‘shinlar Iroq harbiylariga sapyorlikni o‘rgatmoqda, HDK koalitsiyaning Fors ko‘rfazidagi aviatashuvchi kemalarini muhofaza qilmoqda", - degan Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid