Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda to‘y marosimi vaqtidagi terakt oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi
Iroqdagi to‘y marosimi vaqtida terakt sodir etildi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, bu terakt tufayli 18 kishi qurbon bo‘lgan. Shuningdek, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Iroq politsiyasi ma'lumotlariiga ko‘ra, xudkush terrorchi mamlakat janubidagi asosan shialar istiqomat qiladigan Karbalo viloyatidagi Eyn at-Tamur shahrida, to‘y ziyofati vaqtida o‘zini portlatgan.
Manbalardan birida aytilishicha, hududga avtomat va qo‘l granatalari bilan qurollangan 5 nafar jangari hujum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 22 avgust kuni Turkiyaning Gaziantep shahrida ham to‘y marosimi vaqtida 12 va 14 yoshdagi bolalar o‘zini portlatib terakt sodir etishi oqibatida 51 kishi halok bo‘lgandi, shundan 22 nafari bolalar edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bu terakt uchun javobgarlikni IShID zimmasiga yuklagan hamda qo‘shni Suriya hududida jangarilarga qarshi harbiy harakatlar boshlagandi.
Mavzuga oid
20:40 / 15.12.2025
Sidneydagi terakt. So‘nggi ma’lumotlar
13:22 / 15.12.2025
Avstraliya bosh vaziri qurol bo‘yicha qonunlarni qat’iylashtirmoqchi
11:29 / 15.12.2025
Sidneyda o‘t ochganlardan birining qurolini olib qo‘ygan kishi qahramonga aylandi. Uni Tramp ham maqtadi
15:05 / 25.11.2025