Jamiyat | 00:34 / 30.08.2016
4958
2 daqiqa o‘qiladi

AQShlik siyosatchi Jon Makkeyn 80 yoshini nishonladi

AQShlik siyosatchi Jon Makkeyn murakkab praymerizlar va noyabrdagi yanada murakkabroq saylovlar arafasida, 29 avgustda 80 yoshini nishonladi. Makkeyn AQSh senatiga oltinchi marotaba olti yillik muddatga saylanishga umid qilmoqda.

30 avgustda Makkeyn Arizonada praymerizda ishtirok etadi, unda siyosatchiga Kelli Uord raqiblik qiladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, Makkeyn Uordni ancha katta farq bilan ortda qoldirmoqda, biroq Uord uni pensiyaga jo‘natmoqchi. 

"Jon Makkeyn o‘z ishini yaxshi bajara olmayapti. U zaif bo‘lib qolgan. U qarib qoldi. Unga baxtli tug‘ilgan kun tilab qolaman. Dushanba kuni u 80 yoshga to‘ladi va men unga tug‘ilgan kuniga eng yaxshi sovg‘a – pensiya tuhfa qilmoqchiman", deb aytdi Uord.

Makkeyn praymerizda yutsa, 8 noyabrdagi umumiy saylovlarda vakillar palatasi deputati Enn Kirkpatrik bilan kurashishi kerak bo‘ladi.

Makkeyn AQShning eng tajribali senatorlaridan hisoblanadi, u Rossiyaga qarshi qarashlari bilan tanilgan. U birinchi bor 1987 yil senator etib saylangan. 2008 yilda Respublikachilar partiyasidan prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan, biroq Barak Obamaga yutqazib qo‘ygan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid