Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyada 500 bosh sigir o‘g‘irlandi
Yangi Zelandiya politsiyasi Janubiy oroldagi fermadan 500 sigirning yo‘qolganligiga doir tergov ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Mahalliy aholining bildirishicha, avval hech qachon bunday ommaviy o‘g‘irlikka duch kelinmagan. Bu haqida VVS ma'lum qildi.
Iyun oyining boshida sanalganda 1 300 bosh sigir bo‘lgan, joriy oyda ularni sanash davomida 500 boshga kam chiqqanligi aniqlangan. Politsiyaning taxminiga ko‘ra, o‘g‘irlik ikki oy davomida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan.
Ferma egasi voqeaga hech qanday izoh bermadi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, uning zarari 750 ming dollargacha bo‘lgan summani tashkil qilishi mumkin.
Mahalliy hukumat ommaviy o‘g‘irlikning oldini olish maqsadida fermerlarga o‘z hududlari chegaralarini mustahkamlash va muntazam ravishda qoramollarni sanashni tavsiya qildi.
Yangi Zelandiyada taxminan 10 million sigir bor – bu mamlakat aholisidan ikki barobar ko‘p demakdir. Bir bosh sigirning bahosi – 1 000 dollar atrofida.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026