Jamiyat | 18:59 / 30.08.2016
3431
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Xitoy ijtimoiy va ko‘ngilochar yangiliklar ustidan nazoratni kuchaytiradi

XXR matbuot, nashriyot, radioeshittirish, kinematografiya va televideniya Davlat boshqarmasi mamlakat OAVdagi ko‘ngilochar va ijtimoiy mavzudagi yangiliklar ustidan nazoratni kuchaytiradi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Ma'muriyatda qayd etishlaricha, yangiliklar sahifalarida umum qabul qilingan g‘oya va "ijobiy mazmun" ustunlik qilishi lozim. OAV "odobsiz hazillar", "klassikani tahqirlash" va "g‘arb turmush tarzini haddan tashqari maqtab yuborish"dan saqlanishi lozim. 

Hujjatga muvofiq, shuningdek, yulduzlar, internet olami mashhur shaxslari va boy insonlarga o‘ta e'tibor bermaslik tavsiya qilingan. Bundan tashqari, kimningdir shaxsiy hayoti, oilaviy mojarosi va munosabatlaridan shov-shuv yasamaslik maqsadga muvofiq. 

Boshqarma ko‘rsatmalari OAVning barcha turlariga birdek tegishli ekani ta'kidlangan. Qoidabuzarlarga nisbatan turli xil jazo choralari qo‘llaniladi. Jumladan ular litsenziyadan mahrum bo‘lishlari ham mumkin. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid