Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalidagi prezident qarorgohi yaqinida portlash sodir bo‘ldi
Somali poytaxti Mogadisho shahrida bugun ertalab portlash sodir bo‘ldi. Ria Novosti agentligining mahalliy nashrlarga asoslanib xabar berishicha, portlash prezident qarorgohi ro‘parasida ro‘y bergan.
"Portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil prezident qarorgohi ro‘parasida portlatilgan. Saroy ro‘parasidagi 2ta mehmonxona butunlay vayron bo‘lgan", deya politsiya vakili Muhammad Alining so‘zlarini keltiradi nashr.
Hozircha portlash tafsilotlari haqida ma'lumotlar yo‘q. Shuningdek, terakt uchun javobgarlikni hech bir tashkilot zimmasiga olmagan.
Qayd etish kerakki, o‘tgan haftada Somali hududida "Al-Qoida" tomonidan bir qator xunrezliklar amalga oshirilgandi.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
14:56 / 27.11.2025
Somalining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
14:56 / 14.03.2025