Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi avlod Hyundai Solaris suratlari paydo bo‘ldi
Xitoyning 58che portali Hyundai Verna modeli yangi avlodining rasmiy suratlarini chop etdi. U, MDH mamlakatlarida Solaris nomi bilan yaxshi tanish. Mashinaning rasmiy taqdimoti 2-sentabr kuni Chendu shahridagi avtoko‘rgazmada bo‘lib o‘tadi.
Suratlardan ko‘rish mumkinki, yangi «Solyaris» Pekin avtosalonida namoyish qilingan Verna Concept uslubida ishlab chiqiladi. Sedan hozirgisidan bosh yoritqich chiroqlari va radiator qafasi shakli bilan farqlanadi.
Uning salonida yangi, ikki xil tusdagi o‘rindiqlardan tashqari, dvigatelni yurgizish tugmasi bo‘ladi. Mashinaning top modellariga sensor displeyli yangi multimedia tizimi o‘rnatiladi.
Yangi avlod Hyundai Solaris modeliga o‘rnatiluvchi dvigatellar va boshqa texnik ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid
14:31 / 12.09.2025
Hyundai’ning Amerikadagi zavodi ochilishi reydni deb 2 oyga kechikadigan bo‘ldi
17:22 / 06.09.2025
Amerikadagi Hyundai zavodida migratsion operatsiya: 500 ga yaqin kishi qo‘lga olindi, Seul Vashingtonni ogohlantirdi
22:59 / 09.01.2025
Hyundai kompaniyasi 2025 yilda Janubiy Koreya iqtisodiyotiga 16,7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
20:20 / 24.11.2024