Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyaning Melburnida qirg‘iy xitoylik oila ustiga tirik ilon tashladi
Avstraliyaning Melburnidagi bog‘lardan birida qirg‘iy Yarra daryosi bo‘yida piknik uyushtirayotgan xitoylik oila ustiga tirik ilon tashladi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Ta'kidlanishicha, oila a'zolaridan biri daryo ustidan uchayotgan qirg‘iyni payqagan va uni videoga olmoqchi bo‘lgan. Shu on yirtqich qush dam olayotganlar yoniga uchib kelib, ularning ustiga panjasidagi tirik ilonni tashlagan.

Shundan keyin qo‘rqib ketgan odamlar turli tomonga qocha boshlaganlar. Ilon ham qo‘rqib ketib, qochib qolgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, ushbu holat videosi YouTube’da joylashtirilgan.
Mavzuga oid
19:32 / 10.08.2023
Texasda ayolga ilon va qirg‘iy bir vaqtda hujum qildi
00:31 / 03.08.2020
Dunyodagi vaziyat: Melburnda kommendantlik soati, Berlinda namoyishlar
14:52 / 07.07.2020
Koronavirus tarqalishi avj olganligi sababli Melburnda olti haftalik karantin joriy etiladi
16:40 / 29.03.2019