Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dronlar yo‘lovchilar bilan muloqot qilishga o‘rgatiladi
AQShning Drive.ai kompaniyasi avtonom boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan mashinalar yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari, misol uchun, yo‘lovchilar bilan o‘zaro harakatlana oladigan tizimni yaratdi.
Cnet’ning aytishicha, tizim yo‘ldagi vaziyatni baholovchi datchik, kompyuter hamda avtomobil tomiga o‘rnatilgan yorug‘lik diodli ekrandan tashkil topgan. Aynan displey yordamida avtomobil elektronikasi oqim bo‘yicha qo‘shnilariga ma'lumot uzata oladi. Xususan, matnli xabarlar, masalan, yo‘lovchilarga yo‘lni kesib o‘tishga ruxsat yoki emoji ikonkalarini ko‘rsatishi mumkin.
Yorug‘lik indikatsiyasidan tashqari, Drive.ai tizimiga ega avtomobillar harakatning qolgan ishtirokchilarini tovush signallari yordamida ogohlantirishi mumkin. Safety sounds deb ataluvchi tovushlar yagona kutubxonaga birlashtirilgan.
Drive.ai kompaniyasi bunday tizimni Kaliforniyadagi umumiy foydalanish yo‘llarida sinovdan o‘tkazishga ruxsat oldi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026