Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Turkiyadan Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishni talab qildi
Eron Tashqi ishlar vazirligi Suriya hududida Turkiya tomonidan harbiy harakatlar olib borilayotganiga o‘z munosabatini bildirdi. Eron tomoni Suriyaga Turkiya harbiylari olib kirilganidan tashvishdaligini ma'lum qilgan va bu harakatlar to‘xtatilishini talab qilgan.
"Tinchlik tarafdorlari bo‘lgan mamlakatlar tashqi siyosatining o‘zgarmas asosi terrorizmga qarshi kurash va hududda xavfsizlikni saqlash hisoblanadi. Boshqa davlat hukumati roziligisiz uning hududiga kirish va harbiy amaliyot o‘tkazish - bu davlatning hududiy yaxlitligiga dahl qilish demakdir...", deya Eron TIV vakili Bahrom Qosimiyning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
U shuningdek, Turkiyaning harbiy harakatlari Suriyadagi vaziyatni qiyinlashtirishi haqida ma'lum qilgan. U bu harakatlar tinch aholi vakillari o‘limiga sabab bo‘layotganini ta'kidlagan.
24 avgust kuni Turkiya harbiylari Suriya bilan chegarani kesib o‘tib, mamlakat shimolida IShIDga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazishni boshladi. Rasmiy Anqara bu harakatlari uchun BMT Xavfsizlik kengashining ham, Suriya hukumatining ham roziligini olmagan va faqatgina Rossiyaning o‘z yurishidan rasman xabardor qilgan. Ilk kungi hujumlardan keyinoq Jarablus turklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan, Bashar Asadga muxolif bo‘lmish Suriya ozodlik armiyasi nazoratiga o‘tdi.
Mavzuga oid
13:06 / 28.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida yana zarbalar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026