Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xakerlar Dropbox xizmatining 68 mln akkauntini o‘g‘irladi
Xakerlar fayllar saqlashga mo‘ljallangan Dropbox xizmatining 68 mlndan ortiq login va parollarini o‘g‘irlashga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qilmoqda Motherboard. Nashr, o‘g‘irlangan axborotlar bilan tanishib chiqqan.
Mazkur ma'lumotlar soxta emas, degan Dropbox xizmatining yuqori lavozimli vakili. Axborot xavfsizligi mutaxassisi Troy Hant (Troy Hunt) ham rafiqasining paroli misolida ma'lumotlar o‘g‘irlanganini tasdiqlagan.
Avgust oyi boshlarida Dropbox foydalanuvchilariga maktub yo‘llab, kompaniya tizimiga noqonuniy kirish amalga oshirilgani uchun parollar bekor qilinganini ma'lum qilgandi.
Motherboard nashriga ko‘ra, 32 mln parol Bcrypt xeshlash vositasida ancha kuchli shifrlangani bois, xakerlar ularni ochishni uddalashi dargumon. Qolganlari birmuncha eski SHA-1 algoritmi bilan himoyalangan.
Mavzuga oid
10:06 / 11.06.2026
AQSh AI tahdidlari sabab kiberxavfsizlik talablarini kuchaytirdi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026