Jahon | 14:38 / 31.08.2016
3822
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 290 nafardan oshdi

Italiya milliy o‘t o‘chirish xizmati xodimlari Amatriche shahri vayronlari ostidan yana bir kishining jasadini olib chiqishgan. Shu bilan tabiiy ofat qurbonlari soni 293 nafarga yetdi. Eslatib o‘tamiz, mamlakat markaziy tumanlarida ro‘y bergan yer silkinishi oqibatida Amatriche shaharchasi deyarli yer bilan yakson bo‘lgan, boshqa aholi punktlariga jiddiy talofat yetgan edi. 

Agi agentligining xabar qilishicha, bu Roma mehmonxonasi vayronalari ostidan olib chiqilgan oltinchi jasaddir. U yerda, yana kishining halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

24-avgust kuni Italiyaning markaziy qismida Rixter shkalasi bo‘yicha 6 ballik zilzila ro‘y bergan edi. Bundan eng ko‘p zarar ko‘rgan shahar Amatriche bo‘ldi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid