Jamiyat | 10:22 / 01.09.2016
5228
1 daqiqa o‘qiladi

Alyaskadagi samolyotlar to‘qnashuvi besh kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Alyaska osmoni uzra ikki yengil motorli samolyot to‘qnashib ketdi, buning natijasida 5 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Associated Press ma'lum qildi

Manbaga ko‘ra, fojia chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Vefil shahridan deyarli 100 kilometr narida ro‘y bergan. Voqea sodir bo‘lgan joyga politsiya, tibbiyot xodimlari va qutqaruvchilar yetib kelishgan. 

Politsiya xodimlarining ma'lum qilishlaricha, samolyotlar bortida besh kishi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lganligi aytilgan. 

Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid