Jahon | 14:30 / 01.09.2016
3915
1 daqiqa o‘qiladi

British Airways Eronga 2012 yilda to‘xtatilgan parvozlarni tikladi

Buyuk Britaniyaning British Airways aviakompaniyasi 2012 yilning oktabrida to‘xtatilgan Eronga uchishlarni qayta tikladi. Bu haqda aviakompaniya saytida ma'lum qilingan.

1 sentabrdan boshlab Tehronga uchishlarni amalga oshirish boshlandi. Parvozlar haftaning 6 kuni davomida amalga oshiriladi. Yil oxirigacha parvozlar har kuni amalga oshirilishini joriy etish ko‘zda tutilgan.

"Tehron British Airways uchun muhim yo‘nalish", deyilgan aviakompaniya rasmiy xabarida.

Bundan oldinroq, 8 yillik uzilishdan keyin Fransiyaning Air France aviakompaniyasi ham Tehronga qatnovlarni tiklagandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid