Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mercedes 2019 yilda yangi yo‘ltanlamasini namoyish qiladi
Mercedes-Benz kompaniyasi 2019 yilda yangi GLB yo‘ltanlamasini ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda Auto Bild nemis nashri xabar bermoqda.
Yo‘ltanlamas 5 va 7 o‘rindiqli versiyalarda taklif qilinadi. Tashqi dizayn bo‘yicha model Gelandewagen’ga o‘xshash bo‘ladi, shu bilan birga unda oldi g‘ildiraklar ustida burchaksimon qanotlar va yuk uchun yetarlicha joyni ta'minlaydigan baland tom bo‘ladi.
Ikkita sensor paneli o‘rnatiladigan rul chambari qo‘shimcha funksiyalar bilan jihozlanadi, old markaziy konsolda asosiy boshqaruv uchun katta ekran joylashtiriladi.
Mercedes-Benz GLB modeli MFA platformasida quriladi, biroq texnologiyalar borasida yuqoriroq sinfdagi modellar bilan raqobatlasha oladi. Misol uchun, avtomobilda muayyan vaziyatda mashinani haydovchisiz boshqarishga imkon beradigan qo‘shimcha tizimlar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Model 1,6 va 2 litrli, turli quvvatlardagi benzin va dizel dvigatellariga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:16 / 31.10.2025
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
13:52 / 15.06.2024
Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi
14:58 / 26.05.2024
Mitsubishi Fuso’dan BharatBenz’gacha – Mercedes-Benz yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi nechta kompaniyaga egalik qiladi?
18:27 / 10.02.2024