O‘g‘irlangan kelinni qidirish uchun 180 nafar politsiya xodimi jalb etildi
Moskva politsiyasi to‘y marosimida kelinni olib qochgan bir guruh yoshlarni qo‘lga oldi. Biroq keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, sodir bo‘lgan voqea atayin uyushtirilgan to‘y urf-odati bo‘lib chiqdi. Bu haqida poytaxt politsiyasi ma'lum qildi.
“O‘g‘irlik” guvohning ko‘z o‘ngida ro‘y bergan, shu bois buni jinoyat deb baholagan kishi huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bergan. “U noma'lum kimsalar kelinni majburlab mikroavtobusga o‘tkazib, olib ketishganini aytdi”, - deyishdi politsiyada.
Politsiya xodimlari tezkorlik bilan qo‘lga olish rejasini amalda qo‘llashdi, yarim soatdan keyin YPX xodimlari Moskvaning janubi-sharqida qidirilayotgan transport turini to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishdi. Natijada o‘g‘irlik shunchaki uyushtirilgan bo‘lib chiqdi.
Manbaga ko‘ra, yoshlarni qo‘lga olish operatsiyasida 180 nafardan ortiq politsiya xodimi ishtirok etgan. Ular 30 daqiqa ichida 24ta avtomobilni ko‘zdan kechirishgan.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
13:05 / 09.11.2024
Rossiyada politsiya «an’anaviy qadriyatlar»ni mustahkamlashni boshlaydi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024