Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov g‘arbning Ukrainada to‘ntaruv yuz berishidan manfaatdor bo‘lganini aytdi
G‘arb Ukrainadagi davlat to‘ntaruvidan manfaatdor bo‘lgan, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya tashqi va mudofaa siyosati nashriga bergan intervyusida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
"Ukrainada bo‘lgan voqealar G‘arb bu to‘ntaruvdan manfaatdor bo‘lganini ko‘rsatadi. G‘arb buni tayyorlamaganini, xalq o‘zi ko‘tarilganini aytmoqda, biroq biz bunday emasligini bilamiz", deb aytdi Lavrov.
Lavrov, shuningdek, G‘arbning Ukraina hukumatiga Donbassga qarshi armiyani qo‘llashga bergan ruxsati "tibbiy fakt" ekanligini ta'kidlab o‘tdi.