Fan-texnika | 16:04 / 02.09.2016
5694
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsar firmasi 618 detaldan iborat soat-robot yaratdi

Jyenevadagi MB&F ijodiy soat labaratoriyasi L’Epée manufakturasi bilan hamkorlikda Balthazar deb nomlangan stol ustida harakatlanuvchi soat-robotlarni yaratdi. Model 618 detaldan iborat. Bu haqida 2 sentabr kuni kompaniya matbuot relizida xabar berildi. 

Robotning ko‘zlari 20 soniyali retrograd yoqut podshipniklardan iborat. Baltazar mexanizmini yaratishda an'anaviy soat texnikasi qo‘llangan. 

Balthazar modeli 4ta cheklangan seriyada 50 nusxada ishlab chiqarilgan - ular robot zirhlarining ranglari bilan (qora, kumush, ko‘k va yashil rang) ajralib turadi. Baltazar NB&F faoliyatidagi ikkinchi  "robot-sehrgar"ga aylandi: 2015 yilning kuzida Maksimilian Byusser Only Watch kimoshdi savdosiga Melxior nomli soat-robotlarni qo‘ygandi. Yagona nusxada ishlab chiqarilgan Melchior ‘Only Watch’ modeli sotildi, undan tushgan pullar esa kimoshdi qoidalariga ko‘ra, Dyushen muskullar distrofiyasi bilan kurashuvchi fondga yo‘llandi. 

MB&F (Maximilian Busser and Friends) — 2005 yilda Jyenevada Maksimilian Byusser tomonidan tashkil etilgan soat labaratoriyasi. Original mexanizmli loyihalarni ishlab chiqaradi, mashhur rassomlar va dizaynerlar bilan hamkorlik qiladi. 

Mavzuga oid