O‘zbekiston | 01:22 / 03.09.2016
61420
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: O‘zbekiston o‘z tarixining yangi sahifasini boshlaydi

AQSh prezidenti Barak Obama O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin bayonot bilan chiqdi. Bu haqdagi xabarnoma Oq uy xabarida ma'lum qilingan.

«Bu og‘ir palla, prezident Islom Karimov vafot etgan pallada, Qo‘shma shtatlar O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qiladi»,— deyilgan xabarda.

Obama qayd etganki, AQSh «O‘zbekiston bilan hamkorlikka sadoqatini saqlab, fuqarolarning huquqlariga rioya qilinishiga asoslangan suvereniteti, xavfsizligi va kelajagi tarafdori bo‘lib qoladi».

Amerika prezidenti «O‘zbekiston endi o‘z tarixining yangi sahifasini boshlashi»ni qo‘shimcha qilgan.
 

Mavzuga oid