Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pan Gi Mun O‘zbekiston xalqiga hamdardlik izhor etdi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabardan chuqur qayg‘udaligini bildirdi va marhumning oilasiga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
"Bosh kotib O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qarshiladi. U prezident Karimovning oilasiga, O‘zbekiston hukumati va xalqiga chuqur ta'ziya bildiradi", deyilgan xabarda.
BMT rahbari Islom Karimovning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaviy va global xavfsizlikni kuchaytirish, shuningdek, 2009 yilda kuchga kirgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan holi hudud shartnomasining ilg‘or tashabbuskori ekanini alohida ta'kidlab o‘tdi.
Bosh kotib BMTning O‘zbekiston hukumati va xalqi bilan kelgusida ham yaqin hamkorlik qilishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Mavzuga oid
20:06 / 29.09.2025
Prezident davlat va jamoat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafoti tufayli ta’ziya bildirdi
21:50 / 26.09.2025
Aktyor Sherqo‘zi G‘oziyev 75 yoshida vafot etdi
19:38 / 09.08.2025
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi
18:10 / 02.08.2025