Jahon | 15:07 / 04.09.2016
13555
1 daqiqa o‘qiladi

Antaliyada sayyohlik kemasi ag‘darilib ketdi (video)

Turkiyada, Antaliya qirg‘oqlari yaqinida Kurt-C sayyohlik kemasi halokatga yo‘liqdi. Mahalliy manbalarning yozishicha 84 kishi qutqarilgan, 33 yo‘lovchi jarohatlangan, 2 kishi bedarak ketgan.

Anadolu Ajansı kema halokati tasvirlarini namoyish etgan.

Kurt-C bir kunlik turni amalga oshirayotgandi. Yomon ob-havo sharoiti tufayli kema kapitani sayohatni muddatidan oldin yakunlashga qaror  qilgan. Kema qirg‘oqqa yetishiga 2 mil masofa qolganida bir yonga qiyshayib, cho‘ka boshlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid