Şu yilning 15 iyuli Antaliya - Toşkent yönalişi böyiça parvoz qilgan NU-372 reysi yölovçilari S.L., S.M., A.Ş., K.T. va K.N. örtasida mojaro yuz bergan.

IIV Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta’minlaş boşqarmasi xabariga köra, ular jamiyatda xulq-atvor qoidalariga qasddan beparvolik qilib, havo kemasi bortida bezorilik harakatlari bilan özaro janjal keltirib çiqarib, bir-birlariga yengil tan jarohatlari yetkazişgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlaş boş boşqarmasi tergov boşqarmasi tomonidan yuqoridagi şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.