Jahon | 10:49 / 05.09.2016
7413
1 daqiqa o‘qiladi

China Railway temir yo‘l qurilishiga kiritadigan sarmoya miqdorini ma'lum qildi

Xitoyning China Railway korporatsiyasi joriy yil oxirigacha temir yo‘l qurilishiga 345,4 mlrd yuan (51,71 mlrd dollar) miqdorida sarmoya kiritadi, deb xabar qilinmoqda korporatsiya hisobotida. 

"Yilning birinchi yarim yilligida temir yo‘llar qurilishiga 264,6 mlrd yuan (39,62 mlrd dollar) sarmoya kiritilgan edi. Belgilangan barcha vazifalar bajarildi", - deyiladi hisobotda. 

Xitoy hukumati 13-besh yillik dasturi doirasida (2016-2020 yy.) temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga 3,8 trln yuan (577 mlrd dollar) sarmoya kiritishni rejalashtirgan. 2020 yilga kelib, Xitoy temir yo‘llarining umumiy uzunligi hozirgi 120ming kmdan 150 ming kilometrga yetadi. 

XXR temir yo‘llari tarmog‘i mamlakatning muhim transport vositasidir. 2015 yilda Xitoy poyezdlari 2,5 mlrd yo‘lovchini manziliga yetkazgan. Bu yil avvalgi ko‘rsatkichdan 10 foizga ko‘p demakdir. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid