Jahon | 18:44 / 05.09.2016
5843
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Qurbon hayitigacha Suriyada sulhga erishish niyatida

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Hangjouda bo‘lib o‘tgan G20 sammitida, musulmonlarning Qurbon hayiti bayramigacha Suriyada sulhga erishish borasida umid qilayotganini bildirdi. Qurbon hayiti kelasi hafta 12 sentabr kuni nishonlanadi, deb xabar qilgan RIA «Novosti» agentligi.

Erdo‘g‘anning aytishicha, Turkiya Rossiya bilan Suriyaning Halab shahridagi vaziyatga barham berish masalasini muhokama etgan. 

Bundan tashqari, Turkiya rahbarining qayd etishicha, u AQSh va Rossiya davlat rahbarlariga Suriya shimolida parvozlardan xoli hududini tashkil etish taklifini bildirgan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid