Jahon | 20:25 / 05.09.2016
6454
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy va Yaponiya tortishuvli hududlar bo‘yicha muzokaralarni tezlashtiradi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe va XXR prezidenti Si Tszinpin, tortishuvli hududlar suv havzalari va havo kengliklarida to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida, ikki mamlakat mudofaa vazirliklari o‘rtasida axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi. Bu haqda, G20 sammiti yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida yapon bosh vaziri Abe ma'lum qilgan. 

U, shuningdek, Sharqiy Xitoy dengizidagi hududiy da'volar «tinch, diplomatik muzokaralar va xalqaro huquq me'yorlari negizida hal etilishi» lozimligini ta'kidlagan.

Yaponiya avgust oyi o‘rtalarida Sharqiy Xitoy dengizidagi harbiylarini ko‘paytirishini e'lon qilgan edi. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid