Jahon | 18:47 / 06.09.2016
4929
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada Suriya inqiroziga oid muzokaralar bo‘lib o‘tadi

7 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chavushg‘o‘li ham qatnashishi xabar qilinmoqda. Bu haqda, Turkiya TIV saytida xabar qilingan

Ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniya tomonidan uchrashuvda tashqi ishlar vaziri Boris Jonson qatnashadi. 

Uchrashuvda, shuningdek, Suriya muxolifati Oliy qo‘mitasining muzokaralardagi koordinatori Riyod Xijab ham ishtirok etadi. U, Suriyadagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal etish bo‘yicha o‘z dasturini havola etadi. 

Mazkur uchrashuvga Fransiya, AQSh, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA, Germaniya, Iordaniya, Italiya va YeI vakillari taklif etilgan.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid