Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klimkin: Jahonning yetakchi davlatlari G20 sammitida Ukrainani qo‘llab-quvvatladi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinning fikricha, G20 sammiti doirasida Ukraina inqirozining muhokama qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan Kiyevning qo‘llab-quvvatlanishini anglatadi, deb xabar qilmoqda «Interfaks-Ukraina».
«Bizning do‘st va hamkorlarimiz bor, ular Ukrainani qo‘llashga tayyorliklarini namoyish etishdi. Xususan, ular birdamlik nuqta-i nazaridan Ukrainaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar va siyosiy bosimini qo‘llab-quvvatlaydi», — deb bayonot bergan Klimkin.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ukrain inqirozi Ukraina ishtirokisiz hal etilmaydi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «agar kimdir «Ukraina yuziga oyoq bosib» Kreml bilan kelishmoqchi bo‘lganida — bu allaqachon sodir bo‘lgan bo‘lur edi».
Avvalroq, Ukraina tashqi ishlar vazirligi, Rossiya bilan munosabatlar sovuqlashuvining bundan ortig‘i bo‘lmaydi, degan fikrni bildirgan edi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026