Jahon | 19:20 / 06.09.2016
6137
1 daqiqa o‘qiladi

Obama KXDRga qarshi jazo choralarini keskinlashtiradi

Foto: © AP

Amerika hukumati BMT bilan Shimoliy Koreyaga nisbatan xalqaro sanksiyalarni keskinlashtirish masalasini muhokama etadi. Bu haqda, Associated Press agentligining xabar qilishicha, AQSh prezidenti Barak Obama Janubiy Koreya davlat rahbari Pak Kin Xe bilan Ventyanda o‘tkazgan uchrashuvidan so‘ng ma'lum qilgan. 

Obamaning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hamon KXDR bilan muzokaralar uchun ochiqdir. Buning uchun, KXDR rahbariyati o‘z siyosatini o‘zgartirishi kerak. AQSh davlat rahbari shu hafta boshida amalga oshirilgan ballistik raketa sinovlarini "fitna" deya baholab, Pxenyanni yanada qamalda qolishiga olib keladi, degan fikrni bildirgan. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid