Jahon | 10:15 / 06.09.2016
14733
2 daqiqa o‘qiladi

Obama o‘zini haqoratlagan Filippin prezidenti bilan uchrashuvini bekor qildi

Oq uy AQSh prezidenti Barak Obamaning filippinliklar rahbari Rodrigo Duterte bilan uchrashuvini bekor qildi. CNN telekanali xabariga ko‘ra, bunga Filippin prezidenti Barak Obamani o‘z ichki siyosati uchun tanqid qilishiga javoban haqoratlagani sabab bo‘ldi.

Ikki siyosatchining uchrashuvi shu haftada Laosga Sharqiy Osiyo sammitida ishtirok etish uchun kelganida o‘tkazilishi belgilangandi.

Duterte bilan uchrashuv bekor qilingach, endi Obama Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe bilan suhbatlashadi.

Bundan oldinroq Filippin prezidenti Rodrigo Duterte amerikalik hamkasbi Barak Obamani fohishaning o‘g‘li deb atab, unga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan "har yerga burun tiqmaslik"ni maslahat bergani xabar qilingandi.

Obama bugun 3 kunlik tashrif bilan Laosga keldi va prezidentlik vaqtida ushbu mamlakatga tashrif buyurgan AQShning ilk prezidenti bo‘ldi. 

Mavzuga oid