Filippin prezidenti 5 sentabr kuni Laosda ötadigan Şarqiy Osiyo sammiti arafasida bergan matbuot anjumani vaqtida amerikaliklar prezidenti Barak Obamani "fohişaning öğli" deb atadi va uni sammit vaqtida la'natlaşga va'da qildi. U amerikalik hamkasbiga inson huquqlari böyiça maslahatlari bilan "har yerga burun tiqmaslik"ni maslahat bergan. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Qayd etilişiça, bu bayonotga Obama sammitda Filippinda Duterte saylanganidan keyin jinoyatçilikka qarşi kuraş doirasida 2 mingdan ortiq kişining öldirilganini kötarib çiqmoqçiligi sabab böldi. Bundan taşqari, G20 sammiti vaqtida Obama Filippindagi giyohvandlik va jinoyatçilik muammolarini jiddiy muammolar sifatida keltirib ötgan.

"Men suveren davlat rahbariman. Biz endi mustamlaka emasmiz. Menga Filippin xalqidan boşqasi xöjayinlik qila olmaydi. U hurmat körsatişi lozim. Bayonotlar va savollarni havoga yöllaş kerak emas. Fohişaning öğli, men bu sammitda seni la'natlayman", — degan u.

Sammit doirasida Obama Duterte bilan uçraşuv ötkazib, Filippinda inson huquqlariga rioya etilişi muammolarini kötarişi kutilmoqda.

Bu çiqişdan keyin Oq uy bu ikki siyosatçining uçraşuvi ötkazilişiga şubha bildirgan.