Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Eronni hajni siyosiylashtirishda aybladi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Naif Al Saudning bayonot qilishicha, Eron hukumati haj atrofidagi vaziyatga siyosiy tus bermoqda va Islom Respublikasi fuqarolari haj ziyoratiga borishini istamayapti. Bu haqda «TASS» agentligi xabar bergan.
«Eron hukumati - ziyoratchilar hajga borishini istamayotgan tomon», — degan u.
Valiahd rasmiy Tehron Makka va Madina shaharlaridagi muqaddas joylarga ziyorat qilishni siyosiylashtirishga urinayotganini ta'kidladi.
«Qirollik boshqa ziyoratchilarga yaratilayotgan sharoitlar eronliklarga ham taqdim etilmoqda. Haj mavsumi arafasida Eron haj missiyasi o‘z fuqarolari uchun boshqa mamlakatlar rioya qiladigan standartlardan farq qiluvchi alohida sharoitlarni talab qildi», — deya izoh bergan Muhammad bin Naif.
Mamlakat IIV rahbari hisoblanadigan bu shahzoda «qirollikda ziyoratchilarga yaratilgan sharoitlar haqida gapirib, har bir musulmon hajni xavfsiz sharoitlarda amalga oshirib, sog‘-omon holda o‘z yurtiga qaytishi imkoniyatlari muhayyo qilingani»ni ta'kidlagan.
Bundan avvalroq Eron yetakchisi Oyatulloh Ali Xomaneiy muqaddas ziyoratgohlarni boshqarish tizimini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan va qirollikni haj ziyoratini tashkillashtirish borasida keskin tanqid qilgan edi. U «haj davomida hech kim xavfsiz emasligi»ga e'tibor qaratgan.
Xomaneiy o‘tgan yili Mina vodiysida 800 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan fojiani eslatib o‘tdi. O‘shanda qurbon bo‘lganlarning 464 nafari eronlik edi. Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, tiqilinch tufayli ro‘y bergan fojia oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 1000 nafardan ortiq bo‘lgandi.
«Bu Saudiya Arabistoni hukumati aybi bilan yuz bergandi. Ko‘pchilik kuzatuvchilar va tahlilchilar shunday fikr bildirishdi. Ulardan ba'zilari bu ish rejalashtirilganini aytishgan», deya qo‘shimcha qilgan Eron diniy rahnamosi.
Mavzuga oid
20:23
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026