Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Obamaning Osiyoda kutib olinishidan hayratlandi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp AQSh prezidenti Barak Obamaga Osiyoga tashrifi vaqtida ko‘rsatilgan qabuldan hayratda ekanini aytdi.
Obama dastlab Xitoyning Xanchjou shahrida "katta yigirmatalik" sammitiga kelgan, so‘ngra Laosga jo‘nagan.
Trampning fikricha, Obama Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatda Suriya bo‘yicha taraqqiyotga erisha olmagan. Uning aytishicha, Obama kelisha olishni bilmaydi.
"Prezident Obama va Putin Suriya bo‘yicha kelishuvga erisha olmadilar – buning nimasi yangilik? Obama umuman kelishishni bilmaydi. U faqatgina yomon bitimlar tuza oladi!", deb yozdi Tramp tvitterda.
Tramp shuningdek tashkiliy xatoliklar tufayli Obamaning samolyotiga Xanchjouda trap berilmagani va u samolyot dumidagi kichkina zaxira zinasidan tushganini ham eslab o‘tdi. Laosda esa Obama Filippin prezidenti Rodrigo Duterte uni qo‘pol ravishda tanqid qilgani uchun u bilan uchrashuvini bekor qilgan.
"Xitoy birinchi raqamli bortga qizil gilamli trap bermadi, so‘ngra Filippin prezidenti Obamani so‘kdi. Dahshat!", deb ushbu holatlarga izoh berdi Tramp. Trampning aytishicha, u Obama o‘rnida bo‘lganda, shunday "iltifotdan" keyin samolyotni ortga burib, tashrifni bekor qilgan bo‘lardi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026