Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya fuqarolari mamlakatning YeIga a'zo bo‘lishini xohlamayapti
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lining bayonot berishicha, turk fuqarolari davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, YeIning mamlakatga nisbatan ikki xil standartlaridan xavotirda. Ularning fikricha, rasmiy Bryussel Turkiya YeIga a'zo bo‘lish muzokaralaridan chiqishi uchun hukumatga «bosim» o‘tkazmoqda, deb xabar qilgan Reuters agentligi.
«Turkiya fuqarolari ikki xil yondashuvni ko‘rishayapti. Biz, muzokaralar jarayonini to‘xtatish borasida katta bosim ostidamiz», — degan Turkiya TIV rahbari.
Chavusho‘g‘li YeIni qo‘shnilarni tanqid qilar ekan, ayni narsalarni o‘zida qo‘llamaslikda aybladi. Uning ta'kidlashicha, Yevropa yetakchilaridan birontasi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, mamlakatga tashrif buyurib, dalda bermaganidan turk halqining ko‘ngli qolgan.
Mavzuga oid
11:06
NATO yetmadi: Rossiya Yevropa Ittifoqiga ham qarshi (mi)?
19:27 / 05.04.2026
Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
01:20 / 30.03.2026
Turkiya kurdlarni Eronga qarshi urushga qo‘shilishdan ogohlantirdi – OAV
22:32 / 28.03.2026