Jahon | 18:17 / 07.09.2016
4927
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya muhojirlardan saqlovchi devor barpo etadi

Buyuk Britaniya hukumati Fransiyaning Kale shahrida qochqinlardan saqlovchi maxsus devorlar barpo etishi haqida e'lon qildi, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Gap La-Mansh portiga olib boruvchi avtomagistralning bir qismi haqida bormoqda. Ayni portdan Fransiya va Britaniya o‘rtasida kema qatnovi amalga oshiriladi. Qurilishi rejalashtirilgan devor, Kale shahridagi «changalzor» deb nomlangan qochqinlar lageridan Birlashgan qirollikka o‘tishga harakat qilishadi. 

Xabar qilinishicha, devor balandligi 5 metrni, uzunligi 1 kmga yaqinlashadi. Uning qurilishi britaniyalik soliq to‘lovchilarga 2 mln funtga tushishi aytilmoqda. Devor shu yilning oxirigicha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan. 

Biroq, ayrim ekspertlarning fikricha, devor qurilishi shunchaki mablag‘ni havoga sovurish bilan barobardir. Chunki, bu bilan muhojirlik oqimini sezilarli to‘xtatishning imkoni yo‘q. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid